

22 avg 2025, 19:00
Andijan — Pakhtakor

2 – 6
Tugadi

Darvozalarga 6 ta to'p kiritilgan uchrashuvda "sherlar" 6:2 hisobida g'alabani o'ziniki qildi. Shu tariqa "Paxtakor" o'z tarixida birinchi marotaba "Andijon"ga safarda 6 ta gol urdi. Bunga Andijonda qayd etilgan eng yirik hisobdagi g'alaba 5:0 bo'lib turgan edi. Shuningdek, "Paxtakor" "Andijon" bilan o'zaro bellashuvlarda ikkinchi marta raqibi darvozasiga 6 bor yo'l topdi. Birinchisi 2015 yilgi mavsumda poytaxtda yuz bergandi.
Ma'lumot uchun, "Paxtakor" navbatdagi uchrashuvini 26 avgust kuni O'zbekiston Kubogi doirasida "Mashal"ga qarshi o'tkazadi.



