"Paxtakor" sport direktori: "Klub Xoldorxonovni sotdi, lekin..."

Narzulla Saydullayev
26 fev 2025
"Paxtakor" klubi hujumchisi Po'latxo'ja Xoldorxonov "Navbahor"ga ko'chib o'tganidan xabaringiz bor.

Transfermarkt portaliga ko'ra, "Navbahor" futbolchi 100 ming evro to'lagan. Bu ma'lumot bo'yicha "Paxtakor" vakiliga murojaat qildik. 

"Paxtakor" Po'latxo'ja Xoldorxonovni "Navbahor"ga sotgani rost, lekin 100 ming evroga emas. Aniq summani ayta olmayman", - dedi "Paxtakor" sport direktori Ravshan Salimov. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia