"Paxtakor" sobiq futbolchisi bugun 50 yoshga to'ldi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2017
Bugun "Paxtakor" klubi sobiq futbolchisi Andrey Pyatnickiy 50 yoshga to'ldi.

Toshkentda tug'ilgan futbolchi faoliyatini poytaxtning "Start" jamoasida boshlagan. Keyin "Paxtakor" klubida o'ynagan.

Faoliyatining katta qismini (1992-1997 yillar) Moskvaning "Spartak" klubida o'tkazgan Pyatnickiy to'rt karra Rossiya chempioni bo'ldi (1992, 1993, 1994, 1996), SSSR kubogi (1991/92) va Rossiya kubogi sohibi (1993/94) bo'lgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia