"Paxtakor" Sherzod A'zamov bilan shartnomani 2023 yilning oxirigacha uzaytirdi

Alisher
28 iyul 2022
2017 yildan beri "Paxtakor"da o'ynayotgan himoyachi Sherzod A'zamov klub bilan bitimni kelasi yil so'nggiga qadar uzaytirdi.

"A'zamov hozirgacha "sherlar" tarkibida barcha musobaqalarda 138 o'yinda maydonga tushib, 3 bor raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishgan. Jamoamiz bilan Superliga, O'zbekiston Kubogi, Superkubok va Liga Kubogida zafar quchib, jami sakkiz titulni qo'lga kiritgan. "Paxtakor" va himoyachi o'rtadagi hamkorlikni 2023 yil so'ngiga qadar davom ettirishga kelishib, shartnoma imzolashdi. Umid qilamizki, Sherzod jamoamiz safida yana ko'plab sovrinlarga ega chiqadi", - deyiladi klub xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати