"Paxtakor" safida OCHLda debyut golini urgan Xoldorxonov: "Jamoadoshlarim meni ruhan qo'llashdi"

Tolibjon Qosimov
30 apr 2021
Kecha OCHL-2021 guruh bosqichi 6-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi Iroqning "Eyr Fors" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi.

"Paxtakor" safida debyut o'yinidayoq gol urishga erishgan Po'latxo'ja Xoldorxonov bellashuv to'g'risida taassurotlarini aytib o'tdi.

- Jamoa bilan g'alabadan xursandmiz. Ikkinchi bo'limda hujumlarni ko'paytirdik va oxiri to'p kiritishga erishdik. Buning uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Maydonga tushayotgan paytim barcha meni qo'llab-quvvatladi, bundan ruhlanib gol urishni juda istagandim. Birinchi bahsdayoq to'p kiritganimdan judayam hayajonga tushdim. O'sha lahzada meni hissiyotlar chulg'ab olgandi.


Piter Xyuistra: "Yosh futbolchilar o'yinga energiya bera olishdi"


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia