

Mashg'ulotda tarkibdagi barcha futbolchilar murabbiylar shtabi qo'l ostida bir soatdan ortiqroq vaqt mobaynida shug'ullandi. Ular chigalyozdi mashqlarini bajargach, bo'lajak o'yinda asqotishi mumkin bo'lgan turli taktik jihatlar va o'yin holatlariga e'tibor qaratishdi. Sadriddin Abdullaev jarohat sababli, Dostonbek Hamdamov esa diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olishmaydi. Qolgan futbolchilar yaxshi holatda o'yinga hozirlik ko'rishdi.
foto: Alimurod Mamadaminov
















