"Paxtakor" penaltidan urilgan gol evaziga Ukraina klubini mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
7 fev 2022
Turkiyadagi yig'in doirasida Toshkentning "Paxtakor" klubi Ukrainaning "Minay" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Uchrashuvdagi yagona golni "sherlar" safiga yangi kelib qo'shilgan futbolchi Oliver Sharkich 11 metrlik nuqtadan kiritdi.

"Paxtakor" - "Minay" 1:0

Gol: Sharkich 75 (penalti)

"Paxtakor": Suyunov (Quvvatov, 46), Sayfiev (Ergashboev, 86), Yoqubov (Azmiddinov, 72), A'zamov, Roziev (Alijonov, 46), Hamrobekov (Xolmatov, 68), Sobirxo'jaev (Aliboev, 46), Rashidov (Fayzullaev, 72), Erkinov (Turg'unboev, 46), Cheran (Mirahmadov, 72), Temirov (Sharkich, 46).

Navbatdagi nazorat o'yinida "Paxtakor" 10 fevral kuni Rossiyaning "Ufa" klubiga qarshi maydonga tushadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Пахтакор" ФК матбуот хизмати