"Paxtakor" Papava hamda "Nasaf" himoyachisi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2022, 16:34
O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi o'z tarkibini kuchaytirishni boshladi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "sherlar" 2022 yilni AGMK klubida yakunlagan gruziyalik yarim himoyachi Giorgi Papava hamda "Nasaf" himoyachisi Dilshod Saitov bilan shartnoma tuzgan. Ikkala futbolchi ham 31 dekabr kuni erkin agentga aylanadi va 1 yanvar kunidan "Paxtakor" futbolchisi hisoblanishadi. 

Ma'lumot uchun, Papava yarim mavsum davomida AGMK safida 13ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi. Saitov esa "Nasaf" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushdi va 5ta gol urdi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia