"Paxtakor" murabbiyi nomi Gollandiya shon-shuhrat devoridan joy oldi

Narzulla Saydullayev
9 may 2019
"Paxtakor" murabbiyi Piter Xyuistraning nomi Gollandiya futbol tarixida qayd etildi.

30 aprel kuni Gollandiyada terma jamoasi va xorij klublarida o'ynagan futbolchilar uchun shon-shuhrat devori ochildi. U erda Piter Xyuistra nomi ham alohida qayd etilgan. Ikki yildan buyon "Paxtakor"da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Piter futbolchilik davrida Gollandiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 

Shotlandiyaning "Glazgo Reynjers" klubida ketma-ket 5 marta Shotlandiya chempioniga aylanib, jami 10 sovringa ega chiqqan. Shuningdek, Belgiyaning "Lers" klubida Belgiya Kubogi va Superkubogi sohibiga aylangan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz