"Paxtakor", "Metallurg", "Mashal" va "Sho'rtan" jamoalarining stadionlari 2025 yil Superliga o'yinlarini o'tkazishga tayyor emas

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024
Bugun "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida Superliganing eng yaxshilari taqdirlandi.

Bundan tashqari, PFL rahbariyati va OAV o'rtasida ochiq muloqot ham bo'lib o'tmoqda. Ushbu muloqot jarayonida yangi mavsum uchun qaysi stadionlar qay darajada tayyor ekanligi namoyish etildi. Unga ko'ra, Toshkent ("Paxtakor"), Bekobod, Muborak hamda G'uzordagi stadionlar Superliga-2025 o'yinlarini o'tkazish uchun umuman tayyor emas.

Yuqoridagi suratda qizil rangda belgilangan stadionlarda yangi mavsumda futbol o'yinlarini o'tkazish hozircha mumkin emas, sariq rangda belgilanganlari 50/50, yashil rangda ajratib ko'rsatilgan stadionlarda muammo yo'q va bemalol yangi mavsumda o'yin o'tkazish mumkin.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia