

Uchrashuv oldidan dushanba kuni matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Soat 12:00da "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida dastlab mehmonlar ishtirokida matbuot anjumani boshlanadi. So'ng jamoamiz vakillari unda ishtirok etishadi.
"Paxtakor" - "Al Jazira" uchrashuvi 3 may, seshanba kuni 19:30da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.



