"Paxtakor" - Masharipov - "Trabzonspor" "seriali" bo'yicha rasmiy izoh: Jaloliddinning transferi qiymati 6 million evro baholanmagan

30 may 2020, 14:17
"Paxtakor" yetakchisi Jaloliddin Masharipovga Turkiyaning "Trabzonspor" klubi jiddiy qiziqayotgani haqida ma'lumot bergandik.

Bugun turk matbuotida, xususan "FotoMac" nashri tarqatgan xabarga ko'ra Masharipovning transfer narxi 6 million evro baholangan va bu "Trabzonspor" klubini qo'rqitib yuborgani haqida ma'lumot bergan.

Masharipov "Trabzonspor"ga o'tmaydi, uning narxi turklarni shokka tushirdi 

Mazkur holatni aniqlash maqsadida, saytimiz tahririyati "Paxtakor" rahbariyati bilan bog'landi. Toshkent klubining "championat.asia"ga ma'lum qilishicha, turk matbuotidagi xabar asossiz. Yani, "Paxtakor" Masharipovning transfer narxini 6 million evro baholamagan. Shuningdek, klublar hali rasman muzokaralarga kirishmagan. "Trabzonspor" klubi Masharipovning transferi bo'yicha hozircha rasmiy so'rov yuborgani yo'q.

Jaloliddin Masharipov Yevropaga ketish arafasida - ehtimoliy yangi jamoasi nomi aniq 

Kuni kecha Masharipovning transferi bo'yicha Shahboz Beg'amov ma'lum qilganidek, "Paxtakor" va turk klubi o'rtasidagi muzokaralar hali rasmiy jarayonga ko'chmagan. Va bu ko'p jihat avvalo futbolchi hamda klubning o'zaro shartnoma shartlarini kelishuviga ham bog'liq masala. Turkiya klubi Masharipovga jiddiy qiziqmoqda, lekin hali aniq taklif bilan toshkentliklarga murojaat qilmagan.

"Paxtakor" Jaloliddin Masharipovning transferi bo'yicha "Trabzonspor" bilan muzokaralarga kirishishga tayyor va tomonlar buni o'zaro hal etishlari mumkin.


Manba: championat.asia