"Paxtakor" futbolchilari o'yin qoidalaridagi o'zgarishlardan xabardor bo'lishdi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2019
"Jar" stadioni anjumanlar zalida "Paxtakor" futbolchilariga o'yin qoidalariga kiritilgan o'zgarishlar to'g'risida ma'lumot berildi.

Xalqaro musobaqalarda o'zgarishlar kuchga kirib ulgurgani sababli O'FA hakamlar departamenti ham futbolchilarga qoidalardagi o'zgarishlar haqida ma'lumot berib o'tmoqda. Penalti tepishda darvozabonning kamida bir oyog'i darvoza chizig'ida bo'lishi, hujum uyushtirayotgan jamoa vakili qo'liga to'p tekkanda jarima zarbasi belgilanishi, jarima zarbasi tepilayotganda tepuvchi tomon vakillari jonli devordan kamida bir metr masofada turishi, murabbiylarga kartochka ko'rsatilishi va jarima maydoni ichida erkin va jarima zarbasi yoki darvozadan o'yin boshlanganda to'pni sherigiga oshirish mumkinligi haqida aytilib, bu video bilan tushuntirib o'tildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz