"Paxtakor" Dostonbek Hamdamovga jiddiy qiziqish bildirmoqda

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2018
Toshkentning "Paxtakor" klubi yangi mavsum oldidan o'z safiga yana bir futbolchini qo'shib olmoqchi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "sherlar" "Bunyodkor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamovga jiddiy qiziqib qolishgan. 

Hozirga qadar "Paxtakor" Farruh Sayfiev, Akmal Shorahmedov, Bahrom Abdurahimov va Dilshod Rahmatullaev kabi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgandi. 

Hamdamov 2014 yildan buyon oliy ligada jami 89ta o'yinda maydonga tushib raqib darvozasiga 34ta gol urishga erishdi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia