"Paxtakor" chernogoriyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2017
Toshkentning "Paxtakor" klubi ikkinchi davra oldidan o'z safiga ilk futbolchini qo'shib oldi.

Marko Simich 1987 yil 16 iyunida tug'ilgan va markaziy himoyachi sifatida o'ynaydi. U ikkinchi davrada "Paxtakor" sharafini himoya qiladi.

Faoliyati davomida Simich Turkiyaning "Qaysarispor", Isroilning "Xapoel Tel Aviv" va Rossiyaning "Rostov" kabi mashhur klublarda faoliyat olib borgan.

2013 yildan buyon Chernogoriya milliy terma jamoasi safida 21ta o'yin o'tkazgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia