

Uchrashuv 15:00da boshlanadi va "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadi.
Bugun har qanday holatda ham g'olib aniqlanadi, chunki saralash bitta o'yindan iborat.
Bugun "Sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladze katta ehtimol odatiy 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanadi.
"Paxtakor"ning taxminiy tarkibi:
Sanjar Quvvatov - Xojiakbar Alijonov, Sherzod A'zamov, Egor Krimec, Farruh Sayfiev - Odiljon Hamrobekov, Sadriddin Abdullaev - Jasur Yaxshiboev, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov - Marat Bikmaev.
"Paxtakor" safida Eldorbek Suyunov, Marko Simich, Akrom Komilov va Sardor Sobirxӯjaev jarohati bois maydonga tusha olishmaydi.




