"Paxtakor" Antaliyada: 6 ta nazorat o'yini va 24 nafar futbolchi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026
"Paxtakor" jamoasi Kamoliddin Tojiev boshchiligida yangi mavsumga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini o'tkazish uchun Turkiyaga yo'l oldi.

Toshkentliklar 4-17 fevral kunlari Antaliyada nafaqat mashg'ulotlar o'tkazishadi, balki bir qator jiddiy nazorat o'yinlarida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.

Jamoaning ikkinchi xorij yig'ini doirasida quyidagi raqiblarga qarshi bahslar rejalashtirilgan:

7 fevral: "Qayrat" (Qozog'iston)

8 fevral: "Petrokub" (Moldova)

12 fevral: "Epicentr" (Ukraina) va "Obolon" (Ukraina)

15 fevral: Raqib aniqlanmoqda

17 fevral: "Spaeri" (Gruziya)


Yig'inga yo'l olgan tarkib: 

Darvozabonlar: Vladimir Nazarov, Sanjar Quvvatov, Maksim Murkaev.

Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Dilshod Saitov, Shahzod Azmiddinov, Muhammad Bobur Karimov, Zaid Tahsin, Muhammadqodir Hamraliev, Muhammadrasul Abdumajidov, Sherzod Nasrullaev.

Yarim himoyachilar: Sardor Sobirxo'jaev, Ibrohim Ibragimov, Abdurauf Bo'riev, Akmal Mozgovoy, Flamarion, Abubakr Shukurullaev, Hojimat Erkinov, Sardor Mirqobilov, Oybek Bozorov, Bashar Resan.

Hujumchilar: Rustam Turdimurodov, Doston Hamdamov, Aziz Turg'unboev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати