"Paxtakor" "Al Ayn" maydonidagi yaxshi ananasini davom ettirdi

Mirjalol Normatov
28 noya 2023
"Paxtakor" bugun OCHLning 5-turida "Al Ayn" maydonida irodali g'alabaga erishdi.

Birinchi bo'limdan keyin 1:0 hisobida mag'lub bo'layotgan "sherlar" ikkinchi bo'limda 3ta gol urib, g'alabani ilib ketdi.

Shu orqali "Paxtakor" aynan ushbu raqibi maydonidagi uchinchi o'yinida ham mag'lub bo'lmadi. Dastlab 2010 yilda "Paxtakor" safarda "Al Ayn"ni 1:0 hisobida mag'lub qilgandi. 2015 yilda esa tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etishgan. Bugun esa "Paxtakor" g'alaba qozondi.

Biroq "Al Ayn" "Paxtakor" maydonida ikki marta g'alabaga erishgan, 0:1 va 0:3.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia