"Paxtakor-79" xotira turniri. "Bunyodkor" - "Neftchi" 1:1, GALEREYA

Tolibjon Qosimov
8 avg 2019
Bu yil "Paxtakor-79" jamoasining aviahalokatiga 40 yil to'ladi.

Ayni damda mazkur sanaga katta hozirlik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlab xalqaro "Xotira qanotlari" turniri o'tkazilmoqda. Unda 12 jamoa ishtirok etmoqda.

Musobaqada 2004 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoalar qatnashishadi. O'zbekistonning 10 jamoasi bilan birga Qozog'istonning "Qayrat" va Ukrainaning "Paxtakor-Kurilovka" ham unda ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar "Chilonzor", O'FA va "Chig'atoy" stadionlarida bo'lib o'tmoqda.

Kuni kecha bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan suratlarni tomosha qiling.

Foto: Alimurod Mamadaminov


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia