"Paxtakor-2009" Dagomisda xalqaro turnir finaliga yo'llanma oldi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2019
2009 yilda tavallud topgan "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari "Dagomis Kubogi"da muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirishmoqda.

Guruh bosqichining oxirgi turida "Metallurg-1" Lipeckdan 2:0 hisobida ustun kelgan Sarvar Otaboev shogirdlari chorak finalda "Priboy" jamoasini penaltilar seriyasida 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Yarim finalda esa Lipeckning "Metallurg-2" jamoasini 4:1 hisobida dog'da qoldirishdi. Shu tariqa finalda "Metallurg-1" bilan yana bir bor to'qnash kelinadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz