"Paxtakor-2" xotira turniri g'olibi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2015
Toshkentda o'zbek futboli faxriylari xotirasiga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tdi.

2002 yilda tavallud topgan yosh futbolchilar Bositxon Otaxonov, Maruf Akbarov, Qobil Muqimov va Laziz Maqsudov xotirasiga bag'ishlangan musobaqa finalida "Paxtakor-2" va "Bunyodkor-B" jamoalari to'qnash kelishdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi va penaltilar tepishda tarbiyalanuvchilarimiz 4:2 hisobida zafar quchishdi. Shunday qilib, yoshlarimiz ushbu turnir g'oliblariga aylanishdi. Uchinchi o'rinni ROZKdan 2:1 hisobida ustun kelgan "Spartak" jamoasiga nasib etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz