Pavel Smolyachenko: "Muxlislar bilan to'lib toshgan stadionda o'ynash ajoyib"

Narzulla Saydullayev
7 mar 2016
"Buxoro" - "Olmaliq" uchrashuvidan keyin mezbonlar yarim himoyachisi Pavel Smolyachenko o'z fikrlarini bildirdi.

"G'alabadan juda xursandmiz. Uchrashuv boshi biroz asabiy o'tdi. Keyinroq o'z o'yinimizni ko'rsata boshladik va barchasi yaxshi ketdi. O'yin bo'yicha haqli ravishda g'alabaga erishdik. Bizda ko'proq imkoniyatlar bo'ldi, bahs asosan "Olmaliq" maydonida o'tdi. Barcha muxlislarga katta rahmat aytaman. Muxlislar bilan to'lib toshgan stadionda o'ynash ajoyib, barchaga g'alaba muborak bo'lsin", - deydi Pavel Smolyachenko.

"Buxoro" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia