Pavel Smolyachenko ham Malayziyada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2017
O'zbekistonlik yana bir futbolchi faoliyatini Malayziyada davom ettirmoqda.

O'tgan yilgi mavsumni "Buxoro"da boshlab "Andijon"da tugatgan Pavel Smolyachenko qishda "T-Tim" klubi yig'inida ishtirok etgandi. Biroq futbolchi mavsumni Malayziya premer-ligasi ishtirokchisi bo'lgan ATM klubi safida boshladi. Ushbu klubda yana ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi faoliyat olib boradi - Sirojiddin Rahmatullaev va Iqbol Boboxonov.

Kecha ATM yangi mavsumning ilk turida "Perlis" mehmoni bo'lib 1:1 hisobida durang o'ynadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia