Pavel Nedved: Yuventus yana Turkiyaga borishidan xursand emasman

Narzulla Saydullayev
16 dek 2013
Yuventus direktorlar kengashi vakili Pavel Nedved Yevropa ligasi 1/16 finaliga tashlagan qur'adan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Turin klubi Turkiyaning Trabzonspor klubi bilan o'ynaydigan bo'ldi.

Yana Turkiyaga borishimizdan xursand emasman. Yaqinda u erda omadsizlikka uchradik. Safarda qiyin o'yin kutib turibdi. Yuventusdek o'ynashimiz uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak.

Yevropa ligasida raqiblarni mensimaslik yaxshi oqibatga olib kelmaydi, – deydi Nedved.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru