Pavel Bugalo: "Lokomotivni nima uchun tark etdim, rahbariyatdan so'rang"

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" (2:2 kubok o'yini) uchrashuvidan so'ng temiryo'lchilar safini tark etgan Pavel Bugalo "FE" gazetasining bugungi sonida Boburbek Tursunovga intervyu berib, aynan nima sababdan jamoadan ketganligini rahbariyatdan so'rash lozimligini aytib o'tgan.
- Meni nohaq jamoadan ketkazishdi. Buning sababini hanuzgacha tushuna olmayapman. Lekin, rahbariyat, murabbiylar va jamoa oldida vijdonim toza. Kim haq, kim nohaq ekanligini baribir payti kelib ma'lum bo'ladi. 23 yildan beri futboldaman va shu paytgacha hech qachon bunday nohaqlikka duch kelmaganman. Men ularga aybim nima ekanligini so'radim, rahbariyat esa menga hech nima demay ketishimni aytishdi.

"Bunyodkor" bilan o'yinda havo juda issiq bo'ldi va jismoniy jihatdan uchrashuv oxirigacha barqaror o'ynashga kuchimiz yetmadi. Ikkita to'p o'tkazib yubordik, o'sha payt men har qancha urinmay to'pni qaytara olmasdim.

Ayni paytda Pavel Bugalo "NBU-Osiyo" jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etyapti.

Manba: championat.asia