Paulu Fonseka: "Mxitaryan "Roma"da qolishni xohlamoqda"

Sherzod Nurmatov
28 apr 2020
"Roma" bosh murabbiyi Paulu Fonseka "Arsenal"ga tegishli bo'lgan yarim himoyachi Genrix Mxitaryanning sotib olinishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Men buni ilgari ham aytganman va yana aytaman. Mxitaryanning Rimda qolishini istayman. U ham shuni xohlayapti.

Biroq, hozircha hammasi to'xtatib turilibdi. Bizni hali oldinda "Arsenal" bilan bo'lib o'tadigan muzokara kutmoqda. Men Genrix bilan ishlashda davom etmoqchiman, chunki, u zo'r o'yinchi va ajoyib inson", - deydi Fonseka.

Armanistonlik futbolchi bu mavsum A Seriyada 5ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport