Paulu Bentu Janubiy Koreya termasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqdi

Sherzod Nurmatov
6 dek 2022
Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi Paulu Bento Qatardagi Jahon chempionati 1/8 finalida Braziliya terma jamoasiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergach, ushbu lavozimdan ketishini ma'lum qildi.

"Biz kelajak haqida o'ylashimiz kerak va bu Koreya terma jamoasi futbolchilari bilan bog'liq emas. Buni hozirgina futbolchilarga va Janubiy Koreya federatsiyasi prezidentiga ma'lum qildim. Bu qaror sentyabr oyidayoq qabul qilingan. Men futbolchilarga qilgan ishlari uchun rahmat aytishim kerak. Ular bor kuchlarini berishdi va men ularning murabbiyi bo'lganimdan xursandman va faxrlanaman", – dedi Bentu.

Paulu Bentu Janubiy Koreya terma jamoasini 2018 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports