Patrik Klyuyvert: "Liverpul"ni Angliya chempioni sifatida ko'ryapman"

15 apr 2019, 00:50
"Barselona" klubining sobiq futbolchisi Patrik Klyuyvert "Liverpul" - "Chelsi" o'yini haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.

O'yin juda murosasiz va shiddatli kechdi. Uchrashuvning 51 va 53-daqiqalarida Mane hamda Salah kiritgan gollar mersisaydliklarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng Patrik quyidagicha izoh qoldirdi: 

"Liverpul"ni Angliya chempioni sifatida ko'ryapman", deya Tvitter sahifasida yozdi Klyuyvert.

"Liverpul" 85 ochko bilan APL peshqadami bo'lib turibdi. Undan bitta o'yin kam o'tkazgan "Manchester Siti" hisobida 83 ochko bor.


Manba: twitter.com/PatrickKluivert