Palmer, Son va Solanke – APLda dekabrning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga davogarlar

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2024
APLning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun kurashayotgan futbolchilar nomi ma'lum bo'ldi.

Ro'yxatga 8 nafar futbolchi kiritilgan:

Trent Aleksander-Arnold (Liverpul) – 6 o'yinda 1 gol, 2 golli pas, 3 "quruq" o'yin. 4 g'alaba va 2 durang.

Mateus Kunya (Vulverxempton) – 7 o'yinda 3 gol va 3 golli pas, 4 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat.

Muhammad Qudus (Vest Xem) – 6 o'yinda 4 gol, 4 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat.

Maykl Olise (Kristal Pelas) – 7 o'yinda 4 gol va 1 golli pas, 1 g'alaba, 3 durang va 3 mag'lubiyat.

Koul Palmer (Chelsi) – 6 o'yinda 4 gol va 2 golli pas, 3 g'alaba va 3 mag'lubiyat.

Markos Senesi (Bornmut) – 6 o'yinda 2 gol, 1 golli pas, 3 "quruq" o'yin, 4 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat.

Dominik Solanke (Bornmut) – 6 o'yinda 6 gol, 4 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat.

Son Xyon Min (Tottenxem) – 7 o'yinda 4 gol va 4 golli pas, 4 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat.



Avvalgi oylarda APLning eng yaxshi futbolchilari Jeyms Meddison (avgust) va Son Xyon Min (sentyabr), Muhammad Salah (oktyabr) va Harri Maguayr (noyabr) bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com