O'zimizning maydonda erdan kuch olib o'ynadik - Ruslanbek Jiyanov

Mirjalol Normatov
16 iyun 2022
O'zbekiston - Yaponiya o'yinidan so'ng futbolchilarimiz o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Futbolchimiz Ruslanbek Jiyanov ham Championat.asiaga intervyu berdi.

- O'yin va muxlislar haqida fikringiz…

- O'yin juda yaxshi bo'ldi. Muxlislarning ovozini eshitib turdik. Ularning qo'llab-quvvatlashini his qilib turdik. 

- Bahs davomida texnik fintlar namoyish etdingiz. Bu ham murabbiyning ko'rsatmasi edimi?

- Albatta. Raqib charchadi, o'yinni ko'proq o'zingga ol, xavfli vaziyatlar yarat degan topshiriq berdi murabbiy.

- Yaponiyaga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rilgandi?

- Ruhiy jihatdan tayyor edik. O'zimizning maydonda erdan kuch olib o'ynadik. Muxlislar bo'lsa yanada yaxshi bo'lardi.

- Saudiya Arabistoni bilan o'yinga tayyormisiz?

- Ha, tayyormiz. Har bir o'yinga tayyormiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia