O'zFHM "Andijon" – "Qizilqum" o'yinida yuzaga kelgan bahsli vaziyat bo'yicha izoh berdi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2025, 11:48
Superliga 13-turi doirasidagi "Andijon" – "Qizilqum" uchrashuvining 40-daqiqasida "Qizilqum" futbolchisi darvoza tomon zarba berdi. Bu vaziyatda to'p darvoza chizig'i tomon harakatlandi va "Andijon" futbolchisi tomonidan to'xtatildi.

"Bosh hakam yordamchi va VAR bilan holatni ko'rib chiqdi. Yakunda bosh hakam to'p darvoza chizig'ini to'liq kesib o'tmagani uchun ushbu vaziyatda gol inobatga olinmadi.

Ekspert hakamlar guruhi futbol qoidalariga asosan  vaziyatni tahlil qilib chiqdi va to'p to'liq chiziqni kesib o'tmagani sababli, gol inobatga olinmagani to'g'ri qaror ekanligini ta'kidladi", – deyiladi O'zbekiston futbol hakamlari markazi xabarida.

Avvalroq Championat.asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" (Telegram kanali muallifi) "Andijon" – "Qizilqum" uchrashuvidagi epizod bo'yicha fikrini bildirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази