"O'zbekistonning o'yini men uchun kutilmagan voqea bo'lmadi" - Ispaniya olimpiya termasi ustozi

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2024
Ispaniya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Santyago Deniya Sanches O'zbekistonga qarshi (2:1) o'yindan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"O'zbekistonning o'yini men uchun kutilmagan voqea bo'lmadi. Asosiysi, maqsadimizga erishdik, lekin juda qiyin o'yin bo'ldi va endi yaxshilanish vaqti keldi. Futbolchilarga to'liq ma'lumotni aniq qilib etkazishim kerak.

To'pga tinimsiz egalik qilishimiz, shu bilan birga, tezroq harakat qilishimiz kerak. 

Tanaffusda futbolchilarga to'pni maydonda tezroq harakatlantirishni uqtirdim. Buni ustida ishlashimiz lozim. Shuni to'g'ri yo'lga qo'ya olsak, g'alaba biz tomonda bo'ladi.

Abel, Miranda va Serxio haqida nima deya olaman? Ularda katta tajriba bor, ammo ularga alohida yondashishni xohlamayman, chunki bu jamoaviy o'yin. Ular yaxshi jamoadosh, jamoani oldinga etaklay olishadi, shunisi muhim.

Kubarsining almashtirilishi taktika bilan bog'liq. 

Penaltidan keyingi mentalitet? Chempion bo'lish uchun muvaffaqiyatsizlik va bir qancha xatolar ham kerak. 

Hakamlik haqida hech narsa deya olmayman. Musobaqaga eng yaxshi hakamlar jalb qilingan. VAR'ga kelsak, u bazida sizga qarshi qarorlar qabul qiladi, bazida esa sizning foydangizga", – dedi Sanches.

Timur Kapadze kechagi uchrashuv, Misr bilan bo'ladigan o'yin haqida fikr bildirdi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS