O'zbekistonlik hakamlar OFK musobaqalarida ishlaydi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2026
O'zbekistonlik hakamlar jamoasi Elit OCHL va OCHL 2 o'yinlarida faoliyat olib boradi.

17 fevral kuni Malayziyaning Johor shahrida bo'lib o'tadigan "Johor Darul Tazim" (Malayziya) – "Vissel Kobe" (Yaponiya) jamoalari o'rtasidagi bahsni o'zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi.

Elit OCHL

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

To'rtinchi hakam: Asker Najafaliev

VAR: Ahrol Risqullaev

AVARAbdurashid Xudoyberganov


17 fevral kuni Iordaniyaning Amman shahrida bo'lib o'tadigan "Al Hussayn" (Iordaniya) – "Istiqlol" (Eron) jamoalari o'rtasidagi bahsni o'zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi.

OCHL 2

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shayusupov, Akmal Giyosov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVARAkobirxo'ja Shukurullaev


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази