O'zbekistonlik futbolchi 5411 kundan so'ng, yana "Real Madrid" darvozasini ishg'ol qildi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2021
YCHL ikkinchi turidan o'rin olgan "Real Madrid" – "Sherif" uchrashuvi davom etmoqda.

O'yinning 25-daqiqasida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev "Real Madrid darvozasini ishg'ol qildi. Shu tariqa, futbolchimiz "Real Madrid" darvozasini ishg'ol qilgan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylandi. Dastlabki natija Maksim Shackixga tegishli edi. Maksim 2006 yilning 6 dekabr kuni "Real Madrid"ga qarshi o'yinda ikkita gol urishga erishgandi. Oradan 5411 kun o'tib esa, hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev "Qirollik klubi" darvozasiga yana gol urishni uddaladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia