O'zbekistonda Mirabror Usmonov xotirasiga U-16 terma jamoalari o'rtasida musobaqa o'tkaziladi. Unda Yaponiya, Eron va Tojikiston mehmon bo'ladi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2022
Taniqli davlat arbobi, o'z ishining chin fidoyisi, "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati" va "Do'stlik" ordenlari sohibi, bir necha yillar davomida sportimiz, xususan futbolimiz rivojlanishi hamda dunyoda o'z o'rniga ega bo'lishida ulkan hissa qo'shgan shaxs - Mirabror Usmonovning yorqin xotirasini milliy sportimiz jamoatchiligi aslo unutmaydi.

O'zbekiston futbol associaciyasi Mirabror Zufarovich xotirasiga bag'ishlab xalqaro turnir tashkil etadi. Unda 16 yoshgacha bo'lgan 4 ta jamoa - O'zbekiston, Yaponiya, Eron va Tojikiston o'smirlar terma jamoalari ishtirok etadi.

Uchrashuvlar 22-27 avgust kunlari poytaxtimiz yashil maydonlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

1-tur

22 avgust (dushanba)

18:00. O'zbekistan (U-16) – Eron (U-16)

"Jar" stadioni


23 avgust (seshanba)

16:00. Tojikiston (U-16) – Yaponiya (U-16)

"Lokomotiv" stadioni


2-tur

25 avgust (payshanba)

16:00. Eron (U-16) – Tojikiston (U-16)

"Jar" stadioni


18:00. Yaponiya (U-16) – O'zbekiston (U-16) 

"Paxtakor" stadioni


3-tur

27 avgust (shanba)

16:00. Yaponiya (U-16) – Eron (U-16)

"Jar" stadioni


18.00. O'zbekiston (U-16) – Tojikiston (U-16)

"Paxtakor" stadioni


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia