

Davletjanov va Ibragimovlar shu yili 23-30 mart kunlari o'tkazilgan O'zbekiston U-19 terma jamoasining yig'inidan o'zboshimchalik bilan kyetib qolganligi haqidagi bosh murabbiy Jasur Abduraimov taqdim etgan raport jarimaga asos bo'ladi.
Shu bilan birga yoshlar terma jamoasiga nomzod bo'lgan “Paxtakor” futbol klubi o'yinchisi Jamshid Yusupovga terma jamoaning bir qator yig'inlariga 2-3 kunga sababsiz kechikib kelganligi uchun 500 ming so'm miqdorida jarima solindi.
Jarimaga tortish haqidagi qaror O'zbekiston Futbol Federatsiyasining Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan qabul qilindi.
Jarimalar kor qilmagan taqdirda Doston Ibragimov, Saidjamol Davletjanov va Jamshid Yusupovlar muayyan muddatga futbolchilik licenziyasidan mahrum qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.



