O'zbekiston yoshlar terma jamoasi “Balcom BMW” kubogida ishtirok etish uchun Yaponiyaga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2015
Osiyo chempionati saralash bosqichlariga tayyorgarlik ko'rayotgan Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi “Balcom BMW” xalqaro o'rtoqlik kubogida ishtirok etish uchun Yaponiyaga yo'l oldi.

Ushbu musobaqa Yaponiyaning Xirosima shahrida 9 - 12 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Turnirda O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan tashqari Xirosima yoshlar terma jamoasi, Yaponiya o'smirlar terma jamoasi, hamda Polsha yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi.

Quyida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining o'yinlar taqvimini keltirib o'tamiz.

9 avgust.
14:00. O'zbekiston – Polsha

11 avgust.
12:00. Yaponiya – O'zbekiston

12 avgust.
09:30. Xirosima – O'zbekiston


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com