O'zbekiston U-23 termasi Xitoyda, uning zaxira jamoasi esa Turkiyadagi xalqaro o'yinlar o'tkazadi

Omonjon To`xtamirzayev
11 mar 2025
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Xitoydagi xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi.

20 mart

Xitoy - O'zbekiston

23 mart

O'zbekiston - Vetnam

25 mart

Koreya Respublikasi - O'zbekiston


Shuningdek, U-23 terma jamoasiga nomzod futbolchilarni tayyorlash uchun Osiyo kubogida ishtirok etmagan bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazish, zaxira nomzodlarining imkoniyatini o'rganish hamda o'yin amaliyoti berish maqsadida Farhod Nishonov boshqaruvidagi yoshlar terma jamoasi Turkiyada xalqaro o'yinlar o'tkazadi.


19 mart

O'zbekiston - Moldova

22 mart

Shimoliy Irlandiya - O'zbekiston

25 mart

Norvegiya - O'zbekiston


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати