

Bugun musobaqa oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga musobaqaga doir bir qator yo'nalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, media va marketing masalalari bo'yicha tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi ertangi bahsda to'liq oq libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanishi ma'lum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 3 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Bishkek shahridagi "Dolen Omurzakov" stadionida start oladi.
Avvalroq milliy terma jamoalar 7SABER brendi liboslarida maydonga tushishi ma'lum qilingan edi.



