O'zbekiston U-20 terma jamoasi sharmandalarcha Osiyo chempionatidan "quruq qoldi" FOTOMAQOLA

Tolibjon Qosimov
4 dek 2018
Kecha poytaxtimizda futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati saralashi Markaziy mintaqa doirasidagi bellashuvlarning oxirgi tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi Tojikistonga qarshi bahs olib bordi va 2:7 hisobida engildi. Sharmandali mag'lubiyatdan so'ng yoshlarimiz Osiyo chempionatidan "quruq qolishdi". "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkazilgan uchrashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Futzal. O'zbekiston sharmandali tarzda U-20 Osiyo chempionatiga chiqa olmadi

Foto: Tolibjon Qosimov

Avvaliga, vakillarimiz hisobni ochishgan edi. Ammo, keyinchalik...


Ammo, keyinchalik qo'shnilarimizning gollar yomg'iri boshlanib ketdi...


Ikkinchi bo'lim o'rtalarida tojikistonliklardan biri qizil kartochka oldi va mehmonlar 2 daqiqa davomida bir kishi kam bo'lib  o'ynashdi.


Qo'shnilarimiz bir kishi kam holda ikki daqiqa turib bera olishdi. Bu ham etmagandek, bahs yakuniga 5-6 daqiqa qolganda bosh murabbiy Mustafo Afshori bosh hakam tomonidan chetlatildi.


Shunga qaramay, biz gol o'tkazishda davom etdik.


Tojikisto milliy terma jamoasi bosh murabbiyi va o'yinchilari yosh ukalarini qo'llab turishdi.


Bu mag'lubiyat haqida keyinroq batafsil to'xtalaman...


"O'zbekiston" sport majmuasida o'tkazilgan uchrashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia