O'zbekiston U-19 terma jamoamiz Yaponiyadagi musobaqani g'alaba bilan boshladi

Narzulla Saydullayev
10 avg 2015
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Yaponiyadagi "Balkom BMW" xalqaro turniridagi ishtiroki ishtirokini g'alaba bilan boshladi.

Yaponiyaning Xirosima shahrida start olgan "Balcom BMW Cup" xalqaro turniridagi ilk uchrashuvda Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Polsha yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Takidlash joiz, uchrashuv ancha qiziqarli va gollarga boy tarzda kechdi. O'yinning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi va musobaqa reglamentiga ko'ra g'olib nomi o'yindan keyingi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga omad kulib boqdi va ushbu seriya 6:5 hisobida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.

Avvalroq xabar berilganidek, ushbu musobaqada O'zbekiston va Polsha yoshlaridan tashqari Yaponiya hamda Xirosima shahri terma jamoasi yoshlari ham ishtirok etadilar.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "Balcom BMW Cup" turniridagi ikkinchi o'yinini 11 avgust kuni Yaponiya yoshlariga qarshi o'tkazadi.

"Balcom BMW Cup" xalqaro turniri.
9 avgust. Xirosima, Yaponiya.
O'zbekiston (U-19) - Polsha (U-19) - 2:2 (penaltilar seriyasida 6:5).

Gollar:
Doston Ibrohimov (23), Behzod G'anijonov (32)

O'zbekiston U-19: Shoxruh Raimov, Islom Qobilov, Xushnud Avilov, Tursunboy Raximberdiev, Azizjon G'aniev, Jamshid Yusupov, Doston Ibrohimov, Jasur Yaxshiboev, Suxrob Nurulloev, Sanjar Qodirqulov, Behzod G'anijonov.

Turnir jadvali

Jamoa
O' 
YU 


T-N 

Yaponiya11002-03
O'zbekiston 
11002-22
Polsha10012-21
Xirosima10010-20


Eslatma: Musobaqa reglamentiga ko'ra, o'yindan so'nggi penaltilar seriyasidagi g'alaba uchun 2 ochko beriladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com