O'zbekiston U-19 - "NBU-Osiyo" 7:0

Narzulla Saydullayev
30 apr 2014
Sergey Lushan boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun birinchi liganing "NBU-Osiyo" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
O'yinda yoshlarimiz yirik 7:0 hisobida zafar quchishdi. Shu bilan ushbu jamoaning Toshkentdagi 10 kunlik yig'ini o'z nihoyasiga etdi. Eslatib o'tamiz, yoshlarimiz bu yig'in doirasida bundan oldin "Bunyodkor" jamoasi yoshlari ustidan 4:1 hisobida ustun kelishgandi.

Endi 1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoamiz may oyida yig'in o'tkazadi.

O'zbekiston U-19 - "NBU-Osiyo" 7:0
Gollar
: Andrey Sidorov 2ta, Eldor Shomurodov, Izzatilla Abdullaev, Javohir Sohibov, Sardor Azimov, Zohid Akbaraliev.

Ushbu o'yin haqida batafsil ma'lumot va fotogalereya kechroq saytimizda e'lon qilinadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia