O'zbekiston U-19 Maldiv Orollariga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2017
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida davom etayotgan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslarida ishtirok etayotgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi bugun Maldivga qarshi uchrashuv oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi.

Guruh bosqichi dastlabki turida Shri-Lanka yoshlarini yirik 10:0 hisobida mag'lub etgan Aleksandr Mochinov jamoasi 2-turda dastlabki ikki uchrashuvda bir ochko to'plagan Maldiv Orollari terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Maldivga qarshi uchrashuv oldidan o'tkazilgan mashg'ulotlarda terma jamoa futbolchilari asosan taktikaga e'tibor qaratdi. Terma jamoa murabbiylar shtabi bo'lajak raqibga qarab turli taktik sxemalar borasida ishladi.

Ma'lumot uchun, Maldiv Orollari termasiga qarshi 3-tur uchrashuvi Dushanbe shahridagi “Pomir” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlanadi.


Quyida uchrashuvlar va bo'lajak o'yinlar anonsi bilan tanishing.

U-19 OCH saralashi
“B”guruhi o'yinlari
Tojikiston.

31 oktyabr, 1-tur

Maldiv orollari – Shri-Lanka 2:2 
Bangladesh – Tojikiston 0:0

2 noyabr, 2-tur

12:00  Shri-Lanka – O'zbekiston 0:10
15:00  Maldiv orollari – Bangladesh 0:1

4 noyabr, 3-tur

12:00  O'zbekiston – Maldiv orollari 
15:00  Tojikiston – Shri-Lanka

6 noyabr, 4-tur

14:00  Bangladesh – O'zbekiston 
17:00  Tojikiston – Maldiv orollari

8 noyabr, 5-tur

14:00  Shri-Lanka – Bangladesh 
17:00  O'zbekiston – Tojikiston

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “B”guruhi 2-turidan keyin turnir jadvali quyidagi ko'rinishni oldi.

#

Jamoa

O'

G'

D

M

TN

O

1

Bangladesh

2

1

1

0

1-0

4

2

O'zbekiston

1

1

0

0

10-0

3

3

Tojikiston

1

0

1

0

0-0

1

4

Maldiv Orollari

2

0

1

1

2-3

1

5

Shri-Lanka

2

0

1

1

2-12

1



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com