O'zbekiston U-16 terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Omonjon To`xtamirzayev
4 apr 2024
Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi UEFA Assist dasturi doirasida Minsk shahrida tashkillashtiriladigan "Rivojlanish kubogi" xalqaro turnirida ishtirok etadi.

23 - 28 aprel kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan xalqaro musobaqada vakillarimiz Belarus, Ozarbayjon va Nikaragua jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати