O'zbekiston U-16 terma jamoasi navbatdagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi

Khoja
20 fev 2025
Sergey Chigodaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Bunyodkor U-16 jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Chig'atoy stadionida o'tkazilgan bahsda vakillarimiz 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Jamoamizning gollariga Azizbek Qarshiev, Muhammadodil Orifxonov (dubl) va Laziz Abduraimov mualliflik qildi.

Boshlang'ich tarkib: 21. Denis Juravlyov, 2. Sarvar Rahimo, 5. Azizbek Qarshiev (s), 6. Humoyun Sindarov, 11. Sadriddin Hayrullaev, 15. Mirodil Mirahmatov,16. Adis Abdunabiev, 17. Amir Erkinov, 18. Shohrux Rahmonaliev, 19. Rustam Aliev, 22. Nazarbek Atabaev

Zaxira: Olimjon Shomurotov, Sunnat Ibragimov, Mirjamol Anvarov, Javohir O'ktamov, Mironshoh Eshpo'latov, Muhammad Hakimov, Islom Ravshanov, Husanboy Atabekov, Bilol Qurbonov, Muhammadodil Orifxonov, Laziz Abduraimov.


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA