O'zbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyadagi xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etish uchun Medanga yo'l oldi. Tarkib ma'lum

Alisher Ostonov
9 avg 2025
O'zbekiston U-16 turnir davomida U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari - Indoneziya, Mali va Tojikiston U-17 terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

2008 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoa Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish uchun sentyabr oyida Ispaniyada yig'in o'tkazgan holda Angliya, Kanada va Marokashga qarshi o'yinlar o'tkazadi. Shu sababli, mazkur musobaqada 2009 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat U-16 terma jamoamiz ishtirok etishi ko'zda tutilgan.


12 avgust

Mali U-17 - O'zbekiston U-16

15 avgust

O'zbekiston U-16 - Indoneziya U-17

18 avgust

O'zbekiston U-16 - Tojikiston U-17


Darvozabonlar: Olim Shomurodov ("Paxtakor"), Platon Dolskiy ("Lokomotiv"), Mexroj Sirojiddinov (Navoiy FA)

Himoyachilar: Mashhurbek Abdusoliev ("Nasaf"), Adis Abunabiev ("Oqtepa"), Jahongir O'ktamboev ("Bunyodkor"), Sunnat Ibragimov ("Paxtakor"), Muhammadaziz Ro'ziboev ("Bunyodkor"), Daniil Ponomaryov ("Lider", Rossiya), Shavkatjon Toshmurodov ("Bunyodkor"), Suhrob Abdujalilov (Toshkent FA)

Yarim himoyachilar: Sog'inchbek Marupov (Namangan FA), Islom Ravshanov ("Paxtakor"), Muhammadjon Mamatov ("Paxtakor"), Mirkomil Murodov ("Bunyodkor"), Husan Atabekov ("Lokomotiv"), Habibullox Toxirov ("Paxtakor"), Ahrorbek Ravshanbekov ("Andijon"), Suhrob Sadirjonov ("Paxtakor")

Hujumchilar: Shoxruh Rahmonaliev (Farg'ona FA), Laziz Abduraimov ("Zamin"), Rustam Aliev ("Surxon"), Kirill Kapran ("Rodina", Rossiya)


Alisher OstonovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати