O'zbekiston U-15 terma jamoasi Qirg'iz Respublikasi darvozasiga 6 ta to'p kiritdi

Sherzod Nurmatov
4 okt 2024, 17:39
Sergey Chigodaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi Turkiyzabon davlatlar futbol assotsiatsiyalari turniri doirasidagi ikkinchi uchrashuvini Qirg'iz Respublikasi jamoasiga qarshi o'tkazdi va 6:1 hisobida g'alaba qozondi.

Jamoamizning gollariga Farrux Haitmurodov (21'), Asilbek Aliev (25'), Laziz Abduraimov (64'), Husan Atabekov (73'), Bilol Qurbonov (74') va Humoyun Sindarov mualliflik qildi.

O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi 6:1

O'zbekiston: 1.Olim Shomurotov, 3.Abubakir Rahimov, 4.Muhammad Hakimov, 7.Asilbek Aliev, 10.Farrux Haitmurodov, 13.Mirjalol Anvarov, 14.Odilxon Orifxonov, 15.Asadbek Abdualiev, 17.Mirkomilbek Murodov, 18.Husan Atabekov, 20.Sadir Kamolov.

Zaxira: Hasanboy Isroilov, Jasurbek Boymirzaev, Davronbek Berdiyorov, Humoyun Sindarov, Islom Ravshanov, Amirxon Erkinov, Bilol Qurbonov, Laziz Abduraimov, Suxrob Sadirjonov.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати