O'zbekiston U-14 o'smirlar terma jamoasiga futbolchilar saralab olindi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2013
21-26 noyabr kunlari Toshkentdagi Chig'atoy o'quv-bazasida 2000 yilda tug'ilgan o'smirlardan iborat jamoalarning yakuniy yig'ini bo'lib o'tdi.
O'zbekistonning barcha mintaqalaridan tashrif buyurgan jamoalar orasidan Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-14 o'smirlar terma jamoasiga nomzodlar saralab olindi. Takidlash joiz, Qoraqalpog'iston va Xorazm, Farg'ona vodiysi, Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyatidan tashrif buyurgan jamoalar o'zaro 5 marotabadan maydonga tushishdi va ular orasidan iqtidorli o'smirlar terma jamoaning kelgusi yig'inlariga tashrif buyuradigan bo'ldi.

Mazkur yig'inda yosh futbolchilarning jismoniy holati, to'p bilan ishlash mahorati, maydonda fikrlay olishi, texnik-taktik tayyorgarligi va boshqa bir qator jihatlarga asosiy e'tiborni qaratdik. Biz faqatgina shu o'yinchilar bilan cheklanib qolmaymiz, ushbu yig'inda bir qancha futbolchilarni saralab oldik va navbatdagi yig'inlarimizda bu futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishni rejalashtirganmiz, - dedi Temur Olimxo'jaev yig'in haqida to'xtalarkan.

Quyida mazkur yig'indan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:


 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com