O'zbekiston terma jamoasi ertadan yig'inga kirishadi

Оқил Абдубарноев
21 mar 2026
O'zbekiston milliy terma jamoasi 22 martdan e'tiboran Toshkent shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlaydi.

Xabaringiz bor, bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan FIFA Series musobaqasi uchun jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxati avvalroq e'lon qilingan edi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, ushbu ro'yxatdan joy olgan Jaloliddin Masharipov, Husniddin Aliqulov, Abbosbek Fayzullaev, Dilshod Komilov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Abdulla Abdullaev, Alibek Davronov va Husayn Norchaev turli darajadagi jarohatlari tufayli yig'inni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, milliy terma jamoamiz FIFA Series loyihasi doirasida quyidagi uchrashuvlarda maydonga tushadi:

  • 27 mart, soat 19:00 | O'zbekiston – Gabon

  • 30 mart, soat 19:00 | O'zbekiston – Venesuela

Har ikkala uchrashuv ham poytaxtimizdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати