O'zbekiston tarixidagi ilk Asian Sprint Triathlon Cup musobaqasi dam olish kunlari bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2021, 15:02
2021 yil 6 oktyabr, Toshkent. O'zbekiston triatlon federatsiyasi 7SABER sport kiyimlari brendi ko'magida Asian Sprint Triathlon Cup musobaqasini o'tkazmoqda.

9-10 oktyabr kunlari O'zekspomarkaz MKK AJ hududida 30 mamlakatdan kelgan 300 dan ortiq triatlonchilar o'rtasida eng kuchli sprinterlar aniqlanadi.




Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov voqea haqida shunday fikr bildirdi: Bu yil milliy triatlon uchun haqiqiy ilg'or yil bo'ldi, u bir-ikki yil ichida katta masofani bosib o'tdi. Afsonaviy IRONMAN LANZAROTE doirasida iyul oyida bo'lib o'tgan Jahon chempionatida sportchilarimizning aql bovar qilmas muvaffaqiyati ko'plab yigit-qizlarni ilhomlantirdi. Ishonamanki, bo'lajak musobaqa bu go'zal sport turini rivojlantirishga yanada katta hissa qo'shadi. Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilayman!

Musobaqa reglamentida quyidagi toifadagi sportchilar ishtirok etishi ko'zda tutilgan: professionallar Elite (23 yoshdan katta bo'lganlar) va U-15 (12-15), shuningdek havaskor (18-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44, 45-49, 50-54, 55-59, 60 va undan katta bo'lganlar).

Shunisi e'tiborliki, Osiyo Kubogi bizning holatimizda faqat Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi musobaqani anglatmaydi. Bu ochiq qitalararo musobaqa bo'lib, unda, masalan, Avstriya, Lyuksemburg, Polsha, Rossiya, Slovakiya, Chexiya va Shveytsariya kabi mamlakatlardan sportchilar o'z ishtiroklarini tasdiqlab o'tishdi. Bundan tashqari, Elite toifasi eng kuchli triatlonchilarning ishtirokini nazarda tutadi, bundan kelib chiqib aytish mumkinki, yaqinlashib kelayotgan Toshkentdagi musobaqa starti imkon qadar ajoyib bo'lishi kutilmoqda, - deya ta'kidlab o'tdi, triatlon federatsiyasi Raisi Viktor Vladimirovich Maxmudov.

9 oktyabr kuni professionallar Asian Sprint Triathlon Cupda bellashishadi, ertasi kuni esa 150 ga yaqin havaskorlar o'z kuchlarini sinab ko'rishlari mumkin bo'ladi. Ikkita distanciya belgilangan: 15 yoshdan oshgan sportchilar uchun (suzish 750 m, velosipedda bellashuv 20 km, yugurish 5 km) va 12-15 yoshli o'smirlar uchun (suzish 300 m, velosipedda bellashuv 8 km, yugurishda 2 km).

Takidlash joizki, xorijiy texnik vakillar va xalqaro hakamlar ko'magida xalqaro standartlar bo'yicha Asian Sprint Triathlon Cup ochiq musobaqasi O'zbekistonda ilk bor o'tkaziladi.

9-10 oktyabr kunlari musobaqaning boshlanish vaqti: 9:00
Tomoshabinlar va muxlislar uchun kirish: bepul.

Sayt

Instagram

Facebook

Youtube

Telegram kanali

Telegramdagi chat 


Reklama huquqi asosida


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia